Dunyoni Bering Bolajonlarga 作词 : Sardor Rahimxon 作曲 : Sardor Rahimxon Dunyoni Bering Bolajonlarga -Sardor Rahimxon Lyrics by:Sardor Rahimxon Composed by:Sardor Rahimxon Nimani ko'rgandi dunyoga kelib Ko'rgani zorligu daryo kabi qon Nimani ko'rgandi dunyoga kelib Ko'rgani zorligu daryo kabi qon Bolam degim keldi ko'nglim ezilib Bolam degim keldi ko'nglim ezilib Yo'rgagi kafanlik bo'lgan bolajon Jangohga aylandi bu kun diyoring Qismating ko'z yoshmi taqdirmi alam Jangohga aylandi bu kun diyoring Qismating ko'z yoshmi taqdirmi alam Balki qo'g'irchog'ing kutar diydoring Balki qo'g'irchog'ing kutar diydoring Qo'g'irchog'idan ham umri oz bolam Kuzlarda ochilgan lolajonlarga Loladan ham mahzun jonajonlarga Kulgusi yig'iga ulanmasin hech Dunyoni beringlar bolajonlarga Kuzlarda ochilgan lolajonlarga Loladan ham mahzun jonajonlarga Kulgusi yig'iga ulanmasin hech Dunyoni beringlar bolajonlarga Qo'lingga qurolmas ko'p o'yinchoqlar Yarashar edi-ku murg'akkina jon Qo'lingga qurolmas ko'p o'yinchoqlar Yarashar edi-ku murg'akkina jon Seni zor etganlar tortadi ohlar Seni zor etganlar tortadi ohlar Bir kuni uvoling tutar bolajon Kuzlarda ochilgan lolajonlarga Loladan ham mahzun jonajonlarga Kulgusi yig'iga ulanmasin hech Dunyoni beringlar bolajonlarga Kuzlarda ochilgan lolajonlarga Loladan ham mahzun jonajonlarga Kulgusi yig'iga ulanmasin hech Dunyoni beringlar bolajonlarga Onangni topolmay sarson-u sargardon Munchoq ko'zlaringdan tomchilaydi yosh Ohingdan titraydi zamin-u zamon Senga oy onadir otadir quyosh